Biznesingizni bir joydan boshqaring
Vazifalar chatlarda yo'qolyaptimi, hodimlar hisobot bermayaptimi, loyihalarda nima bo'layotganini bilmaysizmi? BusinessOrif jamoangiz ishini bitta tizimga jamlaydi.
Tanish muammolar
Agar bu sizning biznesingiz haqida bo'lsa — davom eting
Vazifalar Telegram va WhatsApp'da yo'qoladi
Topshiriqlar o'nlab chatlarda tarqalib ketadi. Kim nima qilishi va qaysi muddatda bajarishi kerakligini hech kim eslamaydi.
Hodimlar hisobot bermaydi
Har kuni "nima bajarildi" degan savolga javob izlash bilan o'tadi. Hisobotlar kech yoziladi yoki umuman yozilmaydi.
Loyihalar ustidan nazorat yo'q
Loyihalar cho'zilib ketadi, muddatlar buziladi. Muammoni juda kech — hammasi qo'ldan ketgandan keyin bilib qolasiz.
Ma'lumotlar Excel va daftarlarda sochilib yotadi
Muhim ma'lumot bir hodimning boshida yoki shaxsiy faylida saqlanadi. U ishdan ketsa — hammasi to'xtab qoladi.
Yechim
Butun biznes boshqaruvi bitta platformada
BusinessOrif vazifalar, loyihalar, hisobotlar va jamoa muloqotini birlashtiradi. Kim nima bilan band, qayerda to'siq bor va nimaga e'tibor berish kerakligini — kechki qo'ng'iroqlar va chatdagi yozishuvlarsiz ko'rasiz.
- Shaffoflik — har bir hodimning progressi real vaqt rejimida ko'rinadi
- AI tahlili bilan har kunlik hisobotlar — qo'lda ishsiz
- Vazifalar, loyihalar va kompaniya bilimlarining markazlashgan bazasi
- Telefon va kompyuterdan kirish, interfeys rus va o'zbek tillarida
Imkoniyatlar
Jamoani boshqarish uchun kerak bo'lgan hamma narsa
Vazifalarni boshqarish
Hodimlarga vazifa bering, muddat va ustuvorlik belgilang. Kanban doskasi yoki kalendar — qulay bo'lsa o'sha.
AI-yordamchi
AI biznes savollariga javob beradi, hisobot yozishda yordam beradi va jamoa ma'lumotlarini tahlil qiladi.
Har kunlik hisobotlar
Hodimlar kun davomida qilgan ishlarini qayd etadi. AI umumlashma tayyorlaydi — siz 2 daqiqada ko'rasiz.
Loyihalar va bo'limlar
Ishni loyiha va bo'linmalar bo'yicha ajrating. Har bir bo'limning o'z vazifalari va ko'rsatkichlari bor.
Hodimlarni taklif qilish
Jamoani havola yoki email orqali qo'shing. Turli rollar: administrator, menejer, hodim.
Bir nechta tashkilot
Bir nechta kompaniyangiz bo'lsa — ularni bitta akkauntda alohida boshqaring.
Qanday boshlanadi
10 daqiqada ishga tushiring
Ariza qoldiring
Menejerimiz siz bilan bog'lanadi, demo o'tkazadi va tizimni biznesingizga moslab sozlaydi.
Jamoani taklif qiling
Hodimlarga taklif havolasini yuboring. Ular bir daqiqada ro'yxatdan o'tib, tizimga kiradi.
Bir joydan boshqaring
Vazifa bering, hisobot oling, loyihalarni nazorat qiling. Excelsiz, chatlardagi tartibsizliksiz.
Biz bilan bog'laning
Ariza qoldiring — platformani ko'rsatamiz
24 soat ichida siz bilan bog'lanamiz, bepul demo o'tkazamiz va tizimni biznesingizga moslashda yordam beramiz.